17 Mar 2023
Mirishkor tumanida Rossiya Federatsiyasining "Torum" yirik elektr jihozlari ishlab chiqarish korxonasi direktori Andrey Deykalo bilan hamkorlik yuzasidan muzokara boʻlib oʻtdi.
Unga koʻra, "Torum" kompaniyasi tomonidan investitsiya kiritilishi hisobiga Mirishkor tumanida transformator ishlab chiqarish loyihasini tashkil etish yuzasidan dastlabki kelishuvlarga erishildi....
13 Mar 2023
Shahrisabz shahrida "Hisorak gidro qurilish" MCHJ tomonidan 3 mln. dollarlik investitsiyalar hisobiga mebel mahsulotlari ishlab chiqarish korxonasi foydalanishga topshirildi.
Korxona Turkiyalik hamkorlar loyihalari asosida bunyod etilgan boʻlib, yiliga 162 mlrd. soʻmlik jami 34 ming jamlanma (komplekt) import oʻrnini bosuvchi mebel mahsulotlari ishlab chiqaradi.
Hozirgi vaqtda, kor...
13 Mar 2023
"2023-2024 yillarda Dehqonobod tumanidagi Beshbuloq, Qamashi tumanidagi Mangʻit, Koʻkdala tumanidagi Oltin dala, Shahrisabz tumanidagi Shamaton, Nishon tumanidagi Nurchi, Qarshi tumanidagi Yangibogʻ va Koʻchkak, Gʻuzor tumanidagi Qorakoʻl mahallalarida ham yangi kichik sanoat zonalari tashkil etiladi. Umumiy maydoni 33,6 gektarga teng bu maxsus hududlarning eri jami 208 lotga boʻlinib, b...
10 Mar 2023
Shahrisabz tumani Xontepa MFY hududida tashkil etilgan Kichik sanoat zonasida bir qator sanoat korxonalari faoliyati yoʻlga qoʻyilgan. Xususan, "Vulqon elektr sanoat qurilish" MCHJ korxonasi ham poletilen quvurlar ishlab chiqarmoqda.
Korxonaning umumiy qiymati 4 mlrd. soʻmni tashkil etib, 15 turdagi polietilen quvurlari ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilgan. Korxona ishga tushish munosaba...
09 Mar 2023
Shahrisabz shahrida "nol" qiymatda ajratilgan 2,6 ga boʻsh binoga 2,2 mln. dollar investitsiya kiritilishi natijasida 8 dan ziyod xizmat koʻrsatish shahobchalarini oʻz ichiga olgan zamonaviy "PIT-STOP" kompleksi foydalanishga topshirildi.
Xususan,100 oʻrinli avtobus bekati; avtomobillarni taʼmirlash va yuvish shahobchasi;36 oʻrinli zamonaviy mehmonxona;umumiy ovqatlanish;avtomobillarg...
09 Mar 2023
Shahrisabz tumanida yiliga 9 ming tonna kalava-ip hamda 2,5 ming tonna tayyor mato ishlab chiqarishga ixtisoslashgan "OQ SAROY TEXTILE" MCHJ korxonasi foydalanishga topshirildi. Shu munosabat bilan 480 nafar yangi ish oʻrinlari yaratildi.
Korxonada yiliga 472 mlrd. soʻmlik kalava-ip va tayyor mato mahsulotlari ishlab chiqarilishi hamda 15 mln. dollarlik mahsulotni xorijga eksport qili...
06 Mar 2023
Shahrisabz shahrida umumiy qiymati 5 mlrd. soʻmlik "Chilonzor med center" zamonaviy tibbiyot markazi qurib, foydalanishga topshirildi.
Mazkur tibbiyot markaziga Xitoy, Germaniya va Koreyadan jami 500 ming dollarlik eng soʻngi rusumdagi texnologiyalar, xususan:"3D" rentgen, lor kombayni, endos, audiometriya, tempanometriya uskunalari olib kelib oʻrnatildi.
Markaz ishga tushishi bila...
06 Mar 2023
Dehqonobod tumanida umumiy qiymati 6 mln. dollarlik fabrika foydalanishga topshirildi.
Korxonada yiliga 24 mlrd. soʻmlik jami 1,5 mln. dona eksportbop, import oʻrnini bosuvchi tayyor tikuvchilik mahsulotlari (djinsi matosidan) ishlab chiqarilishi yoʻlga qoʻyildi.
Korxona ishga tushishi munosabati bilan 500 nafar yangi ish oʻrinlari yaratildi....

