10 Mar 2023

SHAHRISABZ TUMANIDA POLIETILEN QUVURLAR ISHLAB CHIQARILMOQDA

Shahrisabz tumani Xontepa MFY hududida tashkil etilgan Kichik sanoat zonasida bir qator sanoat korxonalari faoliyati yoʻlga qoʻyilgan. Xususan, «Vulqon elektr sanoat qurilish» MCHJ korxonasi ham poletilen quvurlar ishlab chiqarmoqda.

Korxonaning umumiy qiymati 4 mlrd. soʻmni tashkil etib, 15 turdagi polietilen quvurlari ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilgan. Korxona ishga tushish munosabati bilan 150 nafar fuqarolar ish bilan taʼminlangan.