13 Mar 2023

YANGI OʻZBEKISTONDA YANGI QASHQADARYO BOʻY KOʻRSATADI

«2023-2024 yillarda Dehqonobod tumanidagi Beshbuloq, Qamashi tumanidagi Mangʻit, Koʻkdala tumanidagi Oltin dala, Shahrisabz tumanidagi Shamaton, Nishon tumanidagi Nurchi, Qarshi tumanidagi Yangibogʻ va Koʻchkak, Gʻuzor tumanidagi Qorakoʻl mahallalarida ham yangi kichik sanoat zonalari tashkil etiladi. Umumiy maydoni 33,6 gektarga teng bu maxsus hududlarning eri jami 208 lotga boʻlinib, belgilangan tartibda sotuvga chiqariladi. Mazkur kichik sanoat zonalari uchun 37,5 mlrd. soʻmdan ortiq mablagʻ evaziga ichimlik va oqova suvi (17,4 km, 8 ta obʼekt), tabiiy gaz (12,7 km) va elektr energiyasi (29,8 km va 8 ta obʼekt) tarmoqlari barpo etilib, 9,3 km avtomobil yoʻli quriladi va rekonstruktsiya qilinadi», – Murotjon Azimov, Qashqadaryo viloyati hokimi.