09 Mar 2023

SHAHRISABZ TUMANIDA YIRIK TOʻQIMACHILIK KORXONASI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI

Shahrisabz tumanida yiliga 9 ming tonna kalava-ip hamda 2,5 ming tonna tayyor mato ishlab chiqarishga ixtisoslashgan «OQ SAROY TEXTILE» MCHJ korxonasi foydalanishga topshirildi. Shu munosabat bilan 480 nafar yangi ish oʻrinlari yaratildi.

Korxonada yiliga 472 mlrd. soʻmlik kalava-ip va tayyor mato mahsulotlari ishlab chiqarilishi hamda 15 mln. dollarlik mahsulotni xorijga eksport qilish rejalashtirilmoqda.

Korxona 2024 yilda kalava-ip ishlab chiqarish hajmini 3 ming tonnaga etkazishni rejalashtirmoqda. Bu esa oʻz navbatida qoʻshimcha 70 nafar yangi ish oʻrinlari yaratilishini hamda yana 4 mln. dollarlik mahsulot xorijga eksport qilinishini koʻrsatadi.