Yuridik shaxslar uchun litsenziya olish
Yuridik shaxslar uchun lisenziya olish
O‘zbekiston Respublikasining «Faoliyatning ayrim turlarini lisenziyalash to‘g‘risida»gi qonunining 14-moddasida lisenziya olish uchun kerak bo‘lgan hujjatlar ro‘yxati keltirilgan.
Lisenziya olish uchun lisenziya da'vogari tegishli lisenziyalovchi organga quyidagilarni taqdim etadi:
Lisenziya olish uchun lisenziya da’vogari tegishli lisenziyalovchi organga quyidagilarni taqdim etadi:
lisenziya berish to‘g‘risidagi ariza — unda: yuridik shaxs uchun — yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, joylashgan yeri (pochta manzili), bank muassasasining nomi va bank muassasasidagi hisobvarag‘i raqami; jismoniy shaxs uchun — familiyasi, ismi va otasining ismi, fuqaroning shaxsini tasdiqlovchi hujjatning ma’lumotlari; yuridik yoki jismoniy shaxs amalga oshirishni mo‘ljallagan faoliyatning lisenziyalanayotgan turi (uning bir qismi), shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda faoliyatning mazkur turi. Lisenziya berish to‘g‘risidagi arizada lisenziya da’vogarining elektron manzili ko‘rsatilishi mumkin;
lisenziyalovchi organ lisenziya da’vogarining arizasini ko‘rib chiqishi uchun lisenziya da’vogari qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda yig‘im to‘laganligini tasdiqlovchi hujjat;
faoliyatning ayrim turiga lisenziya olish uchun qo‘yiladigan talablar va shartlarni lisenziya da’vogari bajarishi mumkinligini tasdiqlovchi hamda qonun hujjatlarida belgilab qo‘yiladigan boshqa hujjatlar.
Lisenziya da’vogaridan ushbu Qonunda hamda faoliyatning ayrim turlarini lisenziyalash to‘g‘risidagi o‘zga qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan boshqa hujjatlarni taqdim etishni talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Lisenziya olish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar lisenziya da’vogari tomonidan lisenziyalovchi organga bevosita, pochta aloqasi vositalari orqali yoki elektron shaklda, ular olinganligi haqida xabardor qilingan holda taqdim etiladi. Elektron shaklda taqdim etilgan hujjatlar lisenziya da’vogarining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi. Lisenziya berish to‘g‘risidagi arizada lisenziya da’vogarining elektron manzili ko‘rsatilganligi uning arizasi bo‘yicha qabul qilingan qaror haqida axborot tizimi orqali elektron shaklda xabarnoma olishga bo‘lgan roziligidir.
Lisenziya olish uchun tegishli lisenziyalovchi organga yuborilgan hujjatlar ro‘yxat bo‘yicha qabul qilinib, ro‘yxatning nusxasi mazkur organ tomonidan hujjatlar qabul qilib olingan sana ko‘rsatilgan holda arizachiga yuboriladi (topshiriladi).
Noto‘g‘ri yoki buzib ko‘rsatilgan ma’lumotlarni taqdim etganligi uchun lisenziya da’vogari qonunga muvofiq javobgar bo‘ladi.
Lisenziyalovchi organ faoliyatning ayrim turlarini lisenziyalashi uchun boshqa tashkilotlar tomonidan beriladigan hujjatlarni olishi talab qilingan hollarda, faoliyatning ayrim turlarini lisenziyalash soddalashtirilgan tartibda «bir darcha» prinsipi bo‘yicha amalga oshiriladi, bunda lisenziyalovchi organ mazkur hujjatlarni mustaqil ravishda, tadbirkorlik sub’ektining ishtirokisiz oladi.
(14(1)-modda. Faoliyatning ayrim turlarini «bir darcha» prinsipi bo‘yicha lisenziyalash)
Salohiyatli xorijiy investorlar uchun imtiyoz va preferensiyalar
O‘zbekiston Respublikasida chet ellik investorlar quyidagilar bo‘lishi mumkin:
- chet el davlatlari, chet el davlatlarining ma’muriy yoki hududiy organlari;
- davlatlararo bitimlar yoki boshqa shartnomalarga muvofiq tashkil topgan yoki xalqaro ommaviy huquq sub’ektlari bo‘lgan xalqaro tashkilotlar;
- chet el davlatlarining qonun hujjatlariga muvofiq tashkil topgan va faoliyat ko‘rsatib kelayotgan yuridik shaxslar, boshqa har qanday shirkatlar,
- tashkilotlar yoki uyushmalar;
- chet davlat fuqarolari va O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida doimiy ravishda yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar.
O‘zbekistonda chet el investisiyalari kiritish shakllari
O‘zbekistonda chet el investisiyalari kiritish shakllari
- O‘zbekiston Respublikasining yuridik va (yoki) jismoniy shaxslari bilan birgalikda tashkil etilgan xo‘jalik jamiyatlari va shirkatlarining, banklar, sug‘urta tashkilotlari va boshqa korxonalarning ustav jamg‘armalarida va boshqa mol-mulkida ulush qo‘shib qatnashish;
- chet ellik investorlarga to‘liq qarashli bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlari va shirkatlarini, banklar, sug‘urta tashkilotlari va boshqa korxonalarni barpo etish va rivojlantirish;
- mol-mulk, aksiyalar va boshqa qimmatli qog‘ozlarni, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari tomonidan emissiya qilingan qarz majburiyatlarini sotib olish;
- intellektual mulkka, shu jumladan mualliflik huquqlari, patentlar, tovar belgilari, foydali modellar, sanoat namunalari, firma nomlari va nou-xauga, shuningdek ishchanlik nufuziga (gudvillga) huquqlar kiritish;
- konsessiyalar, shu jumladan tabiiy resurslarni qidirish, ishlab chiqish, qazib olish yoki ulardan foydalanishga bo‘lgan konsessiyalar olish;
- savdo va xizmat ko‘rsatish sohalari ob’ektlariga, turar joy binolariga ular joylashgan yer uchastkalari bilan birgalikda mulk huquqini, shuningdek yerga egalik qilish va undan foydalanish (shu jumladan ijara asosida foydalanish) hamda tabiiy resurslarga egalik qilish va ulardan foydalanish huquqlarini sotib olish orqali.
- shuningdek amaldagi qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa shakllarda ham amalga oshirilishi mumkin.
Investisiya kiritish shakl va jarayonlarini o‘zgartirish
Xorijiy investisiyalar birinchi martta yoki takroran amalga oshirilayotgan shakllarni o‘zgartirish ularning investisiya sifatidagi malakasini o‘zgartirishga olib kelmaydi.
Xorijiy sarmoya ishtirokidagi korxonalar
XSKga quyidagi shartlarga javob beruvchi yangi tashkil etilayotgan korxonalar kiradi:
— korxona Nizom jamg‘armasi 150 ming AQSh dollaridan kam bo‘lmasligi kerak;
— korxona qatnashchilaridan biri chet ellik yuridik shaxs bo‘lishi shart;
— ustav jamg‘armasining kamida 30 foizini chet el investisiyalari tashkil etishi kerak.
XSKni tashkil etishda tashkiliy-huquqiy cheklovlar
— O‘zbekistonda XSKni tashkil etishda hech qanday tashkiliy-huquqiy cheklovlar belgilanmagan.
Ular xo‘jalik (to‘liq yoki kommandit) shirkati, cheklangan va qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyat, (ochiq va yopiq) aksiyadorlik jamiyati, sho‘’ba, unitar korxona shaklida va qonunchilikda ta’qiqlanmagan boshqa shakllarda tashkil etilishi mumkin.
Chet ellik investorlarning huquqlari
Chet ellik investor quyidagi huquqlarga ega:
- investisiyalashni amalga oshirishning hajmlari, turlari va yo‘nalishlarini mustaqil belgilash;
- investisiya faoliyatini amalga oshirish uchun yuridik va jismoniy shaxslar bilan shartnomalar tuzish;
- o‘zining investisiyalariga va investisiya faoliyatining natijalariga egalik qilish, ulardan foydalanish va ularni tasarruf etish. Chet ellik investorning qaroriga binoan investisiyalarga, ularning natijalariga egalik qilish, ulardan foydalanish, ularni tasarruf etish huquqlari O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida belgilangan tartibda boshqa yuridik va jismoniy shaxslarga berilishi mumkin. Huquqlar boshqa shaxsga berilganda taraflarning o‘zaro munosabatlari shartnomalar asosida tartibga solinadi;
- O‘zbekiston Respublikasidagi investisiya faoliyati natijasida olingan o‘ziga qarashli ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalarini chet ellarda va O‘zbekiston Respublikasida patentlashtirish to‘g‘risida mustaqil ravishda qaror qabul qilish;
- investisiya faoliyati natijasida olingan daromadni soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar to‘langanidan keyin mustaqil va erkin tasarruf etish (shu jumladan uni moneliksiz repatriasiya qilish);
- O‘zbekiston Respublikasiga kreditlar va qarzlar tariqasida pul mablag‘lari jalb etish;
- o‘z hisobvarag‘idagi milliy valyuta mablag‘laridan ichki valyuta bozorida chet el valyutasini sotib olish uchun foydalanish;
- qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda va shartlarda yer uchastkalariga doir huquqlarni sotib olish;
- O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq, o‘ziga mulk huquqi asosida qarashli bo‘lgan mol-mulk va har qanday mulkiy huquqlardan zimmaga olgan majburiyatlarning, shu jumladan qarz mablag‘larini jalb etishga qaratilgan majburiyatlarning barcha turlari bo‘yicha ta’min sifatida foydalanish;
- o‘z investisiyalari va boshqa aktivlari rekvizisiya qilingan taqdirda mutanosib ravishda tovon olish;
- davlat boshqaruv organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining hamda ular mansabdor shaxslarining g‘ayriqonuniy harakatlari (harakatsizligi) hamda qarorlari natijasida yetkazilgan zararlarni undirish.
O‘zbekiston Respublikasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalar yo‘naltirilayotgan iqtisodiyot tarmoqlari yoki hududlar kesimida investisiya kiritish uchun qandaydir cheklovlar belgilanmagan.
O‘zbekiston Respublikasi hududidagi manbalardan olingan daromadlar bo‘yicha soliqqa tortish tartibi
O‘zbekiston Respublikasi hududidagi manbalardan olingan daromadlar bo‘yicha soliqqa tortish tartibi
— O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashab turgan yoki moliya yilida boshlanadigan yoki tugaydigan o‘n ikki oygacha bo‘lgan istalgan davr mobaynida 183 kun yoki undan ko‘proq muddatda O‘zbekistonda turgan jismoniy shaxs O‘zbekiston Respublikasining rezidenti deb qaraladi.
O‘zbekiston Respublikasi rezidenti bo‘lmagan jismoniy shaxslarga O‘zbekiston Respublikasi hududidagi manbalardan olingan daromadlar bo‘yicha soliq solinadi.
Xuddi shunday vaziyat xorijiy yuridik shaxslarni soliqqa tortishda ham yuzaga keladi. Shunday qilib, O‘zbekistonda ta’sis etilgan yoki ro‘yxatdan o‘tkazilgan yuridik shaxs, shuningdek O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida ro‘yxatdan o‘tgan, bosh korxonasi O‘zbekistonda joylashgan yuridik shaxs O‘zbekiston Respublikasining rezidenti hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasining rezidenti bo‘lmagan yuridik shaxslarga O‘zbekiston hududidagi manbalardan olgan daromadlari (foydalari) bo‘yicha soliq solinadi.
Chet ellik jismoniy va yuridik shaxslardan soliqlar va yig‘imlarni undirish o‘zaro kelishuv asosida to‘xtatilishi yoki cheklanishi mumkin, basharti tegishli chet davlatda ham O‘zbekiston Respublikasining yuridik shaxslariga nisbatan xuddi shunday chora-tadbirlar ko‘rilgan bo‘lsa.
— O‘zbekiston Respublikasidagi chet ellik investorlarning xorijiy sarmoyalari va boshqa aktivlari “Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bilan himoya qilinadi va milliylashtirilmaydi.
Chet ellik investorlar huquqlarini himoya qilish maqsadida tashkil etilgan huquqiy institutlar
Chet ellik investorlar huquqlarini himoya qilish maqsadida tashkil etilgan huquqiy institutlar
- 2007 yil 1 yanvaridan respublikada hakamlik sudlarini tashkil qilish, ularning muntazam va vaqtincha faoliyat yurituvchi turlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun huquqiy asos bo‘lib xizmat qilgan «Hakamlik sudlari to‘g‘risida» gi Qonun kuchga kirdi. Shu tariqa, hozirgi vaqtda xorijiy sarmoyadorlarning huquqlari va faoliyati kafolatlarini himoya qilishning mavjud vositalari bilan bir qatorda tomonlar kelishuvi bilan respublika hududida ikki tomon manfaatini ko‘zlaydigan mustaqil ekspertlarni jalb qilgan holda hakamlik sudlari tashkil etilishi mumkin.
- Shu bilan birga, Adliya vazirligiga xorijiy sarmoyadorlar va xorijiy investisiyalar ishtirokidagi krxonalar huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash bo‘yicha vazifalar yuklatilgan. Shu maqsadda Adliya vazirligi tuzilmasida Xorijiy sarmoyadorlar va xorijiy investisiyalar ishtirokidagi korxonalarni huquqiy himoya qilish boshqarmasi tashkil etildi.
Xorijiy sarmoyadorlar va xorijiy investisiyalar ishtirokidagi korxonalarga soliq va bojxona imtiyozlari taqdim etilmoqda
Xorijiy sarmoyadorlar va xorijiy investisiyalar ishtirokidagi korxonalarga soliq va bojxona imtiyozlari taqdim etilmoqda
O‘zbekiston Respublikasidagi barcha korxonalar uchun belgilab qo‘yilgan bojxona va soliq imtiyozlari bilan bir qatorda to‘g‘ridan to‘g‘ri xususiy xorijiy investisiyalar jalb etayotgan quyidagi iqtisodiyot tarmoqlari korxonalari uchun qator imtiyozlar mavjud:
Radioelektron sanoat buyumlari va komp’yuter hamda hisoblash texnikalari uchun butlovchi qismlar ishlab chiqarish.
- Yengil sanoat:
- Ipakchilik sanoati:
- Qurilish materiallari sanoati:
- Parranda go‘shti va tuxum yetishtirish.
- Oziq-ovqat sanoati:
- Sut-go‘sht mahsulotlari sanoati:
- Kimyo-farmasevtika sanoati:
Ushbu korxonalar asosiy faoliyati bo‘yicha daromad solig‘i, mol-mulk solig‘i, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish va hududlarni obodonlashtirishdan olinadigan soliq, ekologiya solig‘i, mikrofirma va kichik korxonalar uchun yagona soliq, shuningdek Respublika yo‘l fondiga majburiy to‘lovlar to‘lashdan ozod etiladi.
Qayd etilgan soliq imtiyozlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri shaxsiy xorijiy sarmoyalar quyidagi hajmda jalb etilganda taqdim etiladi:
— 300 ming AQSh dollaridan 3 mln. dollargacha — 3 yil muddatga;
— 3 mln. AQSh dollardan 10 mln. dollargacha — 5 yil muddatga;
— 10 mln. AQSh dollaridan ortiq — 7 yil muddatga.
Bunda qayd etilgan soliq imtiyozlari quyidagi shartlarda taqdim etiladi:
— yuqorida qayd etilgan korxonalarni mehnat ko‘p hududlar — Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Jizzax, Qashqadaryo, Sirdaryo, Surxondaryo, Xorazm viloyatlari, shuningdek Navoiy, Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari qishloq aholi punktlarida joylashtirish;
— xorijiy sarmoyadorlar tomonidan shaxsiy to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalarni jalb qilishni O‘zbekiston Respublikasi kafolatlarini taqdim etmagan holda amalga oshirish;
— xorijiy ishtirokchilarning korxona Ustav kapitalidagi hissasi 50 foizdan kam bo‘lmasligi kerak;
— qayd etilgan korxonalar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan so‘ng shaxsiy to‘g‘ridan-to‘g‘ri sarmoyalar kiritish;
— xorijiy sarmoyalarni erkin konvertasiya qilinadigan valyuta yoki yangi zamonaviy texnologik uskuna ko‘rinishida kiritish;
— ushbu imtiyozlar taqdim etilishi natijasida olingan daromadni ulardan foydalanish muddati davomida korxonani yanada rivojlantirish uchun qayta sarmoya kiritishga yo‘naltirish.
Bundan tashqari, 2003 yil 1 iyulidan 2009 yil 1 yanvariga qadar “O‘zbekengilsanoat” DAK xorijiy investisiyaoar ishtirokidagi ishlab chiqarish korxonalari (tayyor kiyimlar (tikuvchilik, to‘qimachilik va teri mahsulotlari), paypoq va poyabzal ishlab chiqarishga ixtisoslashgan hozirgi «O‘zengilsanoat» uyushmasi) byudjetga barcha turdagi soliq va yig‘imlar to‘lashdan ozod etiladi, qo‘shimcha qiymat solig‘i bundan mustasno.
— Ba’zi hollarda tuzilayotgan sarmoya shartnomalari asosida xorijiy sarmoyadorlarga qo‘shimcha kafolatlar va qo‘yidagi tarmoqlarga sarmoya kiritishda huquqlarni himoya qilishga doir chora-tadbilar taqdim etilishi mumkin:
— barqaror iqtisodiy o‘sish, mamlakat iqtisodiyotining progressiv tarkibiy o‘zgarishlarini ta’minlovchi ustuvor tarmoqlar;
— respublika eksport salohiyatini mustahkamlash va kengaytirish, uning dunyoning xo‘jalik faoliyatiga integratsiyasini ta’minlovchi ustuvor loyihalar;
— Xom-ashyo va materiallarni qayta ishlash, iste’mol tovarlari va xizmatlarini ishlab chiqarish, aholi bandligini ta’minlashga qaratilgan kichik va o‘rta tadbirkorlik sohalaridagi loyihalar.
Xorijiy sarmoyadorlarga taqdim etiladigan qo‘shimcha kafolatlar va himoya choralari O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan kafolatlar taqdim etilishi, investision loyihalarni moliyalashtirishda yordam ko‘rsatish, maxsus soliq va to‘lov rejimini yaratish, loyihalarni amalga oshirish ustidan davlat monitoringini o‘tkazish va qonunchilikka muvofiq boshqa chora-tadbirlar.
Qo‘shimcha imtiyozlarga ega bo‘lish uchun xorijiy sarmoyadorlar (xorijiy investisiyalar ishtirokidagi korxonalar) ga qo‘yiladigan talablar
Qo‘shimcha imtiyozlarga ega bo‘lish uchun xorijiy sarmoyadorlar (xorijiy investisiyalar ishtirokidagi korxonalar) ga qo‘yiladigan talablar
— O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan xorijiy sarmoyadorga qonunchilikda belgilangan kafolatlar va himoya choralariga qo‘shimcha (imtiyoz va preferensiyalar) taqdim etish uchun majburiy tartibda sarmoya shartnomasi tuziladi.
Sarmoya shartnomasi O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi timsolida O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va xorijiy sarmoyador (sarmoyadorlar) o‘rtasida tuziladi.
Sarmoya shartnomasini tayyorlash uchun xorijiy sarmoyador O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar va tashqi savdo vazirligiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
sarmoya shartnomasi loyihasi;
qonunchilik bilan belgilangan hollarda mutassaddi organlarda ekspertiza o‘tgan texnik-iqtisodiy dalillar (texnik-iqtisodiy hisob-kitob) asosida amalga oshirilgan asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlar;
Adliya vazirligi xulosasi — sarmoya shartnomasi loyihasini huquqiy ekspertizadan o‘tkazish sohasida;
xorijiy sarmoyadorlar (xorijiy investisiyalar ishtirokidagi korxonalar)ga qonunchilikda belgilangan kafolatlar va himoya choralariga qo‘shimcha ravishda soliq imtiyozlari va preferensiyalar taqdim etish sohasida Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi xulosalari.
Xorijiy sarmoyador sarmoya shartnomasida o‘rnatilgan tartib va muddatda O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar va tashqi savdo vazirligiga zimma olingan majburiyatlar ijrosi bo‘yicha hisobotlar taqdim etadi.
Xorijiy sarmoyadorlarning xususiylashtirish jarayonida qatnashishiga ruxsat berish
Xorijiy sarmoyadorlarning xususiylashtirish jarayonida qatnashishiga ruxsat berish
— Xorijiy sarmoyalarni jalb qilishga doir ishlarni har tomonlama kuchaytirish mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.
Hozirgi vaqtda respublikamiz iqtisodiyotda xususiy mulk rolini oshirish, davlatning xo‘jalik jamiyatlari ustav jamg‘armasidagi hissasini keskin kamaytirish, korxonalarni rivojlantirish va modernizasiya qilishga to‘g‘ridan-to‘g‘ri, shuningdek xorijiy investisiyalarni keng jalb qilishga qaratilgan iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlari korxonalarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonlarini yanada chuqurlashtirish yo‘lidan ketmoqda. Bundan tashqari, sarmoyadorlar tomonidan sarmoya majburiyatlarini olgan holda joylashtirilmagan davlat aktivlarini nol’ qiymatda sotib olish imkoni mavjud. O‘zbekiston Respublikasida xususiylashtirish jarayonlariga oid barcha ma’lumotlarni davaktiv.uz saytidan topish mumkin.
So‘mdagi mablag‘larni xorijiy valyutaga konvertasiya qilish bo‘yicha cheklovlar haqida ma'lumot va uning daromadni repatriasiya qilishga ta'siri
So‘mdagi mablag‘larni xorijiy valyutaga konvertasiya qilish bo‘yicha cheklovlar haqida ma’lumot va uning daromadni repatriasiya qilishga ta’siri
— Respublika valyuta balansini mustahkamlash maqsadida O‘zbekistonda ma’lum vaqt so‘mdagi mablag‘larni xorijiy valyutaga konvertasiya qilish bo‘yicha cheklovlar mavjud edi. Sarmoyadorning O‘zbekiston Respublikasi hududida olingan daromadlari O‘zbekiston Respublikasi hududida qayta investisiya qilinishi yoki xorijiy sarmoyador xohishiga qarab boshqa maqsadlarda foydalanilishi mumkin.
Xorijiy sarmoyadorlarga O‘zbekiston Respublikasiga pul mablag‘larini xorijiy valyutada erkin o‘tkazish va undan hech qanday cheklovlarsiz O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda soliqlar yoki boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash sharti bilan foydalanish kafolatlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyaviy sudi tomonidan “Xorijiy sarmoyadorlar huquqlarini himoya qilish kafolatlari va chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qonunning 10 moddasiga izoh berish to‘g‘risida qaror qabul qilindi:
— Konstituusiya va qonunlar, shuningdek xalqaro huquqning umume’tirof etilgan normalari ustuvorligini tan olgan holda O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy bahslarining huquq doirasida hal etilishi tarafdori.
Qonunning birinchi bo‘limi 10-moddasida keltirilgan «Agar tomonlar kelishilgan qarorga kela olmasalar, bundan nizo O‘’zbekiston Respublikasi tomonidan qo‘shilgan investitsiyaviy baxslarni xal qilish uchun xalqaro shartnomalar (bitimlar, konventsiyalar) qoydalari va tartiblariga muvofiq O‘’zbekiston Respublikasi xojalik sudida yoki xakamlik sudida xal qilinadi» undan foydalanish xalqaro shartnomalar qoida va tartib-taomillariga rioya qilish talab etishini belgilab beruvchi qoida hisoblanadi va o‘z-o‘zidan respublikaning har qanday bahsni ma’lum bir arbitraj organiga o‘tkazilishiga roziligini to‘g‘ridan-to‘g‘ri ifoda etmaydi.
Odatda, bahs tomonlarining uni bahslarni hal qiluvchi ma’lum bir organga ko‘rib chiqish uchun o‘tkazishga roziligi sarmoya shartnomasiga qo‘shimcha arbitraj eslatma shaklida yoki bahs tomonlari o‘rtasida tuzilgan alohida bitim bilan izohlanishi darkor.
Shu yo‘sinda, Konstitusiyaviy sud qaroriga xorijiy sarmoyadorlar huquqlari kamsitilishi sifatida qaralmasligi kerak va ushbu masalaga konstruktiv va xalqaro huquqning umume’tirof etilgan normalari doirasida har bir tomonning huquq va majburiyatlarini hurmat qilgan holda yondashish talab etiladi.
Qonunchilik o‘zgargan taqdirda xorijiy sarmoyadorlarga taqdim etiladigan kafolatlar
Qonunchilik o‘zgargan taqdirda xorijiy sarmoyadorlarga taqdim etiladigan kafolatlar
— Davlat O‘zbekiston Respublikasi hududida investision faoliyat olib borayotgan xorijiy sarmoyadorlar huquqlarini kafolatlaydi va himoya qiladi. Agar O‘zbekiston Respublikasining keyingi qonunchiligi investisiya kiritish sharoitlarini og‘irlashtirsa, xorijiy sarmoyadorlarga nisbatan investisiya kiritilgan vaqtdan boshlab 10 yil davomida investisiya kiritilgan muddatda amal qilgan qonunchilik qo‘llaniladi. Xorijiy sarmoyador o‘z xohishiga qarab yangi qonunchilikning investisiya kiritish sharoitlarini yaxshilovchi qoidalaridan foydalanish huquqigaa ega. Bunda investisiya kiritish sharoitlarini og‘irlashtiruvchi jihatlar qonunchilikka o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek quyidagilarni ko‘zda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasining yangi qonunchilik hujjatlarining qabul qilinishi hisoblanadi:
— xorijiy sarmoyadorlarga to‘lanadigan dividendlar shaklidagi daromadlar solig‘i hajmi (stavka)ni oshirish;
— repatriasiya bilan bog‘liq tartib-taomillarni murakkablashtiruvchi yoki xorijiy sarmoyadorlarning O‘zbekiston Respublikasi tashqarisiga o‘tkazilayotgan daromadlari (foyda) hajmini kamaytiruvchi qo‘shimcha talablarni kiritish, Xorijiy investorning mablag‘larini xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonaning tonlovga layoqatsizligi va bankrotligi yoki kreditorlarning xuquqlarini ximoya qilish, jinoiy yoki ma’muriy xuquqbuzarliklarni sodir etish xollari bo‘yicha xorijiy investorning mablag‘larini qaytarish vakolatli davlat organi tomonidan chet ellik investorning mablag‘larini to‘xtatib turish xollari bundan mustasno yoki chet el investorining bundan repatriasiya sud yoki arbitraj qaroriga binoan;
— investisiya kiritish hajmiga doir miqdor cheklovlari va xorijiy investisiyalar ishtirokidagi korxonalarga xorijiy investisiyalarning minimal hajmini oshirish shaklidagi investisiya hajmiga doir boshqa qo‘shimcha talablar kiritish;
— xorijiy sarmoyadorning korxonalar ustav jamg‘armasi (ustav kapitali)da hissali qatnashishi bo‘yicha cheklovlar kiritish;
— xorijiy investorlar – jismoniy shaxslar uchun vizalar rasmiylashtirish va ular muddatini uzaytirish bilan bog‘liq tartib-taomillar, shuningdek chet el investisiyalari kiritish bo‘yicha boshqa qo‘shimcha talablarni kiritish.