Yuk tashish

O‘zbekiston Respublikasining xom-ashyo importini temir yo‘lda tashish tariflariga o‘rnatilgan yangi chegirmalar

2021 yil 24 avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan “ochiq muloqot”da belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi F–5689-sonli farmoyish ijrosini ta’minlash, hamda ishlab-chiqarish korxonalarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tomonidan 2021 yil 1 noyabr’ kunidan xom-ashyo importini “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tasarrufidagi temir yo‘l stansiyalariga tashishda 25% miqdorida chegirma taqdim etiladi. Tovarlarning kodi va import qilinadigan xom-ashyo ro‘yxati ilova qilinadi.

Xom-ashyo ro‘yxatini kengaytirish bo‘yicha takliflarni quyidagi manzilga yuborish so‘raladi.

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ

Telefon: (+99871) 237-96-92, 237-92-94

Veb-sayti:

https://www.railway.uz/ru/informatsionnaya_sluzhba/novosti/25522/

Manzil:Toshkent shahar, T.Shevchenko ko‘chasi, 7-uy.

Temir yo‘l transporti

Asosiy transport yo‘llarining o‘tkazuvchanligini oshirish, tashqi savdo yuklarini tashishning eng katta ulushi to‘g‘ri keladigan temir yo‘l transportining harakatlanuvchi va tashuvchi qismlarini modernizasiya qilish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Pandemiya davrida xalqaro yuk tashishda 5600 ga yaqin yopiq vagonlar,
1 280 sovutgichli va maxsus vagonlar jalb etildi.

Shu bilan birga, dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, temir yo‘l sohasiga keyingi 5 yil ichida qo‘shimcha 7 ming yuk vagonlari kerak bo‘ladi. Shu munosabat bilan vagon va konteynerlarga ega bo‘lgan xususiy logistika operatorlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan. Bundan buyon, davlat faqat temir yo‘l infratuzilmasi va lokomotiv xizmatlari bilan bog‘liq masalalarni tartibga soladi, yuk vagonlari bilan ta’minlash bozor tamoyillari asosida amalga oshiriladi. Shu munosabat bilan, temir yo‘l vagonlarini import qilishda xususiy tadbirkorlar uchun beriladigan imtiyozlar 2025 yilning 1 yanvarigacha uzaytirildi.

O‘zbekiston – qit’a ichida joylashgan, eksport shartnoma qiymatida transport xarajatlarining ulushi yuqori bo‘lgan mamlakat hisoblanadi. Jahon bozorlarida muvaffaqiyatli raqobat qilish uchun eksport yuk og‘irligini kamaytirish, yuqori texnologik mahsulotlar ulushini oshirish, tayyor va chuqur qayta ishlangan mahsulotlar turlarini sezilarli darajada kengaytirish zarur. Shu bilan birga, 2-3 ming km dan uzoq bo‘lmagan radiusda joylashgan an’anaviy bozorlarda o‘z pozisiyalarimizni mustahkamlashimiz kerak.

Xalqaro transport bilan bog‘liq barcha savollar bo‘yicha quyidagi manzillarga murojaat qilish tavsiya etiladi:

Temir yo‘l transporti

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ

Telefon: (+998 71) 237-98-17 (41-817),

237-97-67 (41-767), 238-89-60 (48-960)

Veb-sayti: https://www.railway.uz/ru/uslugi/gruzovye_perevozki/158/

El.manzil: mm@uzrailway.uz

Manzil:Toshkent shahar, T.Shevchenko ko‘chasi, 7-uy.

 

“O‘ztemiryo‘lekspedisiya” UK

Telefon: (+99871) 238 8417,

238 8407, 238 8866,

238 8752, 238 8811;

Manzil:Toshkent shahar, T.Shevchenko ko‘chasi, 7-uy.

 

“O‘ztemiryo‘lkonteyner” AJ

Telefon: (+99878) 148 3778

Veb-sayti: https://www.utk.uz

El.manzil: info@utk.uz

Manzil:Toshkent shahar, Farg‘ona yo‘li ko‘chasi, 11/13-uy.

 

Havo transporti

“Uzbekiston Airways” AJ

Telefon: (+998 78) 140-20-93/94/95

Veb-sayt: https://corp.uzairways.com/uz/yuk-tashish-qoidalari

El.manzil: cargo@uzairways.com

Manzil: Toshkent shahar, Amir Temur shoh ko‘chasi, 41-uy

 

“Uzbekistan Airports” AJ

Telefon: (+998 78) 140-28-26, 140-28-21

Yuklarni bronlash uchun: (+998 78) 140-28-25

Veb-sayt: corp.uzairways.com/ru/uslugi-po-perevozke-gruzov-i-pochty

El.manzil: sopgp@uzbairports.uz

Manzil: Toshkent shahar, Qumariq ko‘chasi, 13-uy

 

Avtomobil’ transporti

“Xalqaro avtomobilda yuk tashuvchilar uyushmasi”

Telefon: (+99871) 273-03-13, 273-97-75

Veb-sayti: www.aircuz.uz

El.manzil: aircuz@ars.uz

Manzil: Toshkent shahar, Bunyodkor ko‘chasi, 44-uy.

 

 

Yuk va yo‘lovchilar tashish

O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi

Telefon: (+998 71) 202-22-55, 241-72-01

Veb-sayti: www.mintrans.uz

El.manzil: info@mintrans.uz

Manzil: Toshkent shahar, Zulfiyaxonim ko‘chasi, 3-uy.

 

Xorijda mamlakatimiz kompaniyalarini yuk va passajir tashish faoliyati bilan bog‘liq masalalar

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

Telefon: (+99871) 233 4501, 233 6946, 233 2828

Veb-sayti: www.mfa.uz

El.manzil: info@mfa.uz, consul@mfa.uz, murojaat@mfa.uz

Manzil: Toshkent shahar, Amir Temur ko‘chasi, 3-uy.

 

 

O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar va tashqi savdo vaziriligi huzuridagi Eksportni rivojlantirish agentligi

Telefon: (+99871) 252-42-18

Veb-sayti: www.epauzb.uz

El.manzil: logistika@epauzb.uz

Manzil: Toshkent shahar, T.Shevchenko ko‘chasi,34A-uy.