28 Mar 2023

KOSON TUMANIDA IMPORT OʻRNINI BOSUVCHI ZAMONAVIY KOʻRPA ISHLAB CHIQARISH KORXONASI ISHGA TUSHDI

Joriy yilning fevral oyida Koson tumanida «Biznes chevar sanoat» MCHJ tomonidan umumiy qiymati 236 mln. soʻmlik import oʻrnini bosuvchi zamonaviy koʻrpa ishlab chiqarish korxonasi foydalanishga topshirildi.

Mazkur korxonada yiliga 367,5 mln. soʻmlik 1470 dona qavilgan zamonaviy koʻrpalar ishlab chiqarilishi rejalashtirilmoqda.

Korxona ishga tushishi munosabati bilan 5 nafar yangi ish oʻrinlari yaratildi. Tayyor mahsulot ichki bozorni taʼminlamoqda.