

Qashqadaryo viloyati hokimligida «Investitsiya va tashqi savdo masalalari»ga bagʻishlangan seminar boʻlib oʻtdi.
Tadbirda Investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi, tuman va shahar boʻlimlari xodimlari, investitsiya masalalari boʻyicha tuman (shahar) hokim oʻrinbosarlari, «Qashqadaryo hududiy elektr tarmoqlari» AJ, Viloyat Oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmasi, Charm-sanoat vakillari va boshqa bir qator mavzuga doir korxonalardan mutasaddilar ishtirok etdilar.
Seminarda viloyatning sanoat korxonalari, investitsiya va eksport salohiyati oʻrganilib, tizimdagi mavjud muammolar tahlil qilindi va joylarda ishlarni tashkil etish yuzasidan bir qator vazifalar belgilab olindi.

