28 Mar 2023

QARSHI SHAHRIDA QUYOSH PANELLARI ISHLAB CHIQARILADI

Xitoyning quyosh panellari ishlab chiqarish korxonasi «XUTU ELESTRISITY TECHNOLOGY» vakillari bilan hamkorlikda Qarshi shahrida quyosh panellari ishlab chiqarish va oʻrnatishga ixtisoslashgan umumiy qiymati 10 mln. dollarlik «CU SUN SOLAR» korxonasi tashkil etildi.

Mazkur korxonada yiliga oʻrtacha 100 mln. dollarlik quyosh panellari ishlab chiqarilishi rejalashtirilmoqda. Tayyor mahsulot ichki va tashqi bozorlarga chiqarilishi kutilmoqda.