11 Okt 2022

OʻZBEKISTON-BELARUS HAMKORLIGI: QASHQADARYO VA VITEBSK VILOYATLARI BIR QATOR HAMKORLIK SHARTNOMALARINI IMZOLADI

Kuni kecha Belorussiyaning Vitebsk viloyati ijroya qoʻmitasi raisi (hokimi) A.M.Subbotin boshchiligidagi delegatsiya Qashqadaryoga tashrif buyurdi.

Tashrifning birinchi kunida tomonlar rasmiy uchrashuvi va har ikkala tomon oʻrtasida savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlik oʻrnatish toʻgʻrisida bir qator bitimlar imzolandi. Mamlakatingiz, ayniqsa, Vitebsk viloyatining savdo-iqtisodiy, qishloq xoʻjaligi va koʻplab sohalarda ilgʻorligi, mahsulotlaringizni aholimizga maʼqulligi sabab ham doimiy import-eksportda hamkorligimiz mustahkam, – dedi viloyat hokimi Murotjon Azimov. – Bu borada Davlatimiz rahbari ham yurtingizga tashrifida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi ikki tomonlama hamkorlikning yuqori baholagan edilar.