11 Okt 2022

BELORUSSIYA DELEGATSIYASI «OʻZBEKISTON-BELARUS» QOʻSHMA KORXONASI FAOLIYATI BILAN TANISHDI .

Belorussiyaning Vitebsk viloyati delegatsiyasi Qarshi shahridagi «UzShoes» MCHJ shaklidagi «Oʻzbekiston-Belarus» poyabzal ishlab chiqarish qoʻshma korxonasi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Maʼlumki, Qashqadaryoda charm xomashyosi koʻp. Davlatimiz rahbari viloyatga 2021 yil tashrifi chogʻida bu imkoniyatdan foydalanib, charm mahsulotlarini qayta ishlashni yoʻlga qoʻyish boʻyicha koʻrsatma bergan edilar va 2022 yil tashrifi davomida shaxsan borib koʻrgan edilar.

“UzShoes” korxonasi belaruslik ishbilarmonlar bilan hamkorlikda 6 mln. dollar evaziga tashkil etilgan. Korxonaga Germaniya, Italiya va Avstriyadan uskuna va jihozlar keltirib oʻrnatilgan boʻlib, hozirda 600 ta ish oʻrni yaratilgan.

Maʼlumot oʻrnida, qoʻshma korxonada yiliga 500 ming juft ayollar, erkaklar va bolalar charm poyabzallari ishlab chiqariladi. Kelgusida korxona tayyor mahsulotlarini xorijga eksport qilishni yoʻlga qoʻyishni rejalashtirmoqda.