
Kuni kecha Belorussiyaning Vitebsk viloyati ijroya qoʻmitasi raisi (hokimi) A.M.Subbotin boshchiligidagi delegatsiya Qashqadaryoga tashrif buyurdi.
Tashrifning birinchi kunida tomonlar rasmiy uchrashuvi va har ikkala tomon oʻrtasida savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlik oʻrnatish toʻgʻrisida bir qator bitimlar imzolandi. Mamlakatingiz, ayniqsa, Vitebsk viloyatining savdo-iqtisodiy, qishloq xoʻjaligi va koʻplab sohalarda ilgʻorligi, mahsulotlaringizni aholimizga maʼqulligi sabab ham doimiy import-eksportda hamkorligimiz mustahkam, – dedi viloyat hokimi Murotjon Azimov. – Bu borada Davlatimiz rahbari ham yurtingizga tashrifida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi ikki tomonlama hamkorlikning yuqori baholagan edilar.

