07 Okt 2022

QASHQADARYO VA XITOY OʻRTASIDA HAMKORLIK ALOQALARI YANADA MUSTAHKAMLANMOQDA

Avval xabar berganimizdek, yaqinda Xitoyning “Qarshi Conch sement” korxonasi ishga tushgan boʻlib, unda tsementning bir qancha turlari ishlab chiqarilishi yoʻlga qoʻyilgan edi.

Ushbu hamkorlik aloqalarini kengaytirish maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan Qashqadaryo viloyati hokimligi va Xitoyning “Qarshi Conch sement” korxonasi oʻrtasida investitsiya sohasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Unga koʻra, tomonlar Kitob tumanidagi “Qarshi Conch sement” MCHJ xududida qiymati 11 mln. dollarlik qoʻshimcha 6 MVt. issiqlik energiyasi ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirish sohasida sarmoyaviy hamkorlikni yanada rivojlantirish, quyosh panellari ishlab chiqarish boʻyicha investitsiya loyihalarini amalga oshirish, tsement ishlab chiqarishda chiqindi issiqlikdan elektr energiyasi ishlab chiqarishning innovatsion texnologiyasini joriy etish va Xitoy Xalq Respublikasiga viloyatimiz rahbariyati hamda tadbirkorlaridan iborat delegatsiya tashriflarini tashkil etish kabi bir qator istiqbolli rejalar amalga oshirilishiga kelishildi.