
Hurmatli tadbirkorlar “kavrak» oʻsimligidan foydalanganlik uchun quyidagi holatlarda subsidiya beriladi:
- Kavrak etishtirish klasterlari ishtirokchilariga hududlarda shaxtali va tik quduqlar, shuningdek, suv tortish uchun nasos stantsiyalarini yangidan qurish va rekonstruktsiya qilish;
- Tashkil etiladigan madaniy plantatsiyalar uchun er maydonlarini tayyorlash, kavrak koʻchatini xarid qilish va ekish xarajatlarining bir qismini qoplashga;
- Kavrak etishtirish bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subʼektlariga yangi zamonaviy texnologiyalar, innovatsion gʻoyalar va ishlanmalarni joriy etish uchun;
- Qoʻmitaning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ishchi xodimlarni moddiy va ijtimoiy ragʻbatlantirishga.

