07 Iyul 2022

EKSPORTCHILAR UCHUN TRANSPORT YOʻLAKLARI TOʻGʻRISIDA MAʼLUMOT

Ayni paytda Oʻzbekiston Respublikasining tashqi savdo yuk tashishlari quyidagi asosiy transport yoʻlaklari orqali amalga oshiriladi:

1-yoʻlak — Boltiqboʻyi mamlakatlari portlari yoʻnalishida (Qozogʻiston va Rossiyadan tranzit orqali) — Klaypeda (Litva), Riga, Liepaya, Ventspils (Latviya), Tallinn (Estoniya);

2-yoʻlak — EI mamlakatlari yoʻnalishida, Belarus va Ukraina orqali (Qozogʻiston va Rossiyadan tranzit orqali) — Chop (Ukraina) va Brest (Belarus) chegarasi;

3-yoʻlak — Ukrainaning Ilichevsk portiga (Qozogʻiston va Rossiyadan tranzit orqali), Qora Dengizga chiqish bilan;

4-yoʻlak — TRASEKA yoʻlagi sifatida maʼlum boʻlgan Transkavkaz yoʻlagi yoʻnalishida (Turkmaniston, Qozogʻiston va Ozarbayjondan tranzit orqali), Qora Dengizga chiqish bilan;

5-yoʻlak — Eronning Bandar Abbos portiga (Turkmanistondan tranzit orqali), Fors koʻrfaziga chiqish bilan;

6-yoʻlak — Qozogʻiston – Xitoy chegarasi orqali sharqiy yoʻnalishda (Dostiq/Alalshankou) Xitoyning sharqiy portlarigacha, shuningdek Uzoq Sharqning Naxodka, Vladivostok va boshqa portlarigacha;

7-yoʻlak — Xitoy portlariga (Qirgʻizistondan tranzit orqali) Sariq, Sharqiy-Xitoy va Janubiy-Xitoy dengizlariga chiqish bilan;

8-yoʻlak — afgʻon muammosining tartibga solinishi munosabati bilan Afgʻonistondan tranzit orqali Eron va Pokistonning Bandar Abbos, Chaxbaxar (IRI), Gvadar va Karachi (IRP) portlariga janubiy muqobil transport yoʻlaklarini ishlab chiqish boʻyicha yangi istiqbollar ochib berilmoqda.