
➖ Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi bir qator tashkilotlar va Dehqonobod tumani hokimligi bilan hamkorlikda Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumani “Beshbuloq» QFY xududidagi “Eko komfort” xususiy korxonasi tasarrufidagi kavrak plantatsiya dalasida “Eksport salohiyati yuqori boʻlgan dorivor va ziravor oʻsimlik – kavrakni etishtirish” mavzusida amaliy seminar tashkil etdi.
➖ Mazkur seminarda 100 ga yaqin tadbirkor ishtirok etdi. Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanida pista va kavrak plantatsiyasi tashkil etgan salohiyatli “Eko komfort” xususiy korxonasi rahbari kavrakni etishtirish va eksport qilish boʻyicha oʻz tajribalari bilan tanishtirdi.
Maʼlumot oʻrnida Qashqadaryo viloyati 2021 yilda Afgʻoniston, Hindiston, Turkmaniston davlatlariga 4,8 mln. dollarlik, 2022 yil hozirgi vaqtgacha 1,7 mln. dollarlik kavrakni eksport qilgan.

