10 May 2022

«Qashqadaryo-Namangan» ikkinchi biznes forumi oʻtkazildi

Xabaringiz bor, joriy yilning mart oyi Namangan shahrida ikki viloyat hokimlari va tadbirkorlari ishtirokida ilk biznes forum oʻz ishini boshlagan edi.

Bugun vohamizga Namangan viloyati tadbirkorlari tashrifi munosabati bilan Qarshi shahrida ikkinchi biznes forum oʻz ishini boshladi. Unda Qashqadaryoning tuman va shahar hokimlari, ikki viloyat tadbirkorlari ishtirok etmoqda.

  • Men boshchiligimdagi Qashqadaryo rahbarlari viloyatimizda namanganlik tadbirkor va ishbilarmonlarni faoliyat boshlashi uchun barcha shart-sharoitlarni yaratishga tayyormiz, – dedi Murotjon Azimov. – Avvalo, oʻzaro hamkorlik uchun Namangan viloyati hokimiga ham oʻz minnatdorchiligimni bildiraman. Bugungi loyihalarimiz taqdimoti, biznes forum jarayonlari faqatgina natija berishi kerak. Bu faqatgina bizni aholimizga, tadbirkorlarimizga foyda.

Biznes forum davom etmoqda.