10 May 2022

Namangan delegatsiyasi ip-kalava ishlab chiqarish korxonasida boʻldi

Namangan viloyati tadbirkor va ishbilarmonlari tashrif buyurgan Qarshi shahridagi “Sulton Tex Group” XKning ip-kalava ishlab chiqarish tarmogʻi bugungi kunda tayyor mahsulotlarni xorijga eksport qilish boʻyicha etakchilardan biri.

Maʼlumot oʻrnida, 2011 yildan beri ushbu korxona koʻp tarmoqli faoliyat bilan shugʻullanib, dastlab savdo-sotiq, mebel ishlab chiqarish va boshqa faoliyatlar bilan tadbirkorlik qilgan boʻlsa, 2017 yildan buyon paxta-toʻqimachilik klasteri sifatida oʻz biznesini amalga oshirmoqda.