▫️ Joriy yilning 19 may kuni Toshkent shahrining “HILTON” mehmonxonasida boʻlib oʻtayotgan Boshqirdiston biznes forumida Qashqadaryolik tadbirkorlar ham ishtirok etib, qator hamkorlik kelishuvlariga erishildi.
Hususan:
▫️ Boshqirdiston Respublikasining “Duslar” savdo uyi va Qashqadaryo viloyatidagi “Sherbekjon” oilaviy korxonasi oʻrtasida asalarichilikni rivojlantirish sohasida;
▫️ Savdo iqtisodiy hamkorlik sohasida ham muzkoralar olib borilib, umumiy qiymati 2.4 mln AQSH dollar boʻlgan 4 ta eksport-import shartnomalarini imzolash boʻyicha;
▫️ Boshqirdiston Respublikasi Ufa shahrida roʻyhatdan oʻtgan “Agidel” korxonasi tomonidan, Qashqadaryo viloyatidagi tekstil korxonalaridan umumiy qiymati 1,1 mln. AQSH dollari boʻlgan tekstil matolari (boʻz, chit) ni sotib olish boʻyicha qiziqish bildirilib, kelgusida mazkur mahsulotlar eksporti boʻyicha shartnomalari imzolash boʻyicha kelishuvlariga erishildi.




