

16 yanvar kuni Qashqadaryo viloyati hokimi va Xitoy Xalq Respublikasining osma dor yoʻllarini barpo etishga ixtisoslashgan “China CAMC Engineering Co., LTD” kompaniyasi oʻrtasida hamkorlik bitimi imzolandi.
Ikki tomonlama bitimga koʻra, tomonlar:
Kitob, Qamashi va Shahrisabz tumanlarida zamonaviy osma dor yoʻllarini barpo etish va ularni birgalikda boshqarish;
Viloyatda muqobil (quyosh, shamol va boshqalar) va energiya tejovchi texnologiyalarni ishlab chiqarish;
Viloyat hududida zamonaviy agrologistika markazlarini qurish va tomonlar uchun manfaatli boʻlgan boshqa investitsion loyihalarni amalga oshirish;
Kelishuvlarni tez fursatda amalga oshirish va doimiy aloqa almashish maqsadida ikki tomonlama ishchi guruhi tuzish masalalari belgilab olindi.

