19 Yan 2023

KOʻKDALA TUMANIDAGI YANGI ISHGA TUSHGAN «KOʻKDALA TEKSTIL GROUP» MCHJ KORXONASIDA TAYYOR TRIKOTAJ MAHSULOTLARI ISHLAB CHIQARILMOQDA

Koʻkdala tumanida umumiy qiymati 28,0 mlrd. soʻmlik «Koʻkdala tekstil group» MCHJ 2022 yilda foydalanishga topshirildi.

Ushbu korxonada yiliga 8000 dona tayyor trikotaj mahsulotlarini ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi, xususan: erkaklar va ayollar kurtkalari, sport kiyimlari va futbolkalar.

Korxona ishga tushishi munosabati bilan 270 nafar yangi ish oʻrinlari yaratildi va sifatli trikotaj mahsulotlari ichki bozor rastalarida ommaga taqdim etilmoqda.