19 Yan 2023

QASHQADARYO VILOYATIDA FAOLIYAT KOʻRSATIB KELAYOTGAN BIR QATOR EKSPORTYORLAR TAQDIRLANDI

Joriy yilning 16 yanvar kuni viloyatda faoliyat koʻrsatib kelayotgan eksportyor korxonalar bilan 2022 yil sarhisobi yuzasidan davra suhbati boʻlib oʻtdi.

Tadbir davomida bir qator eksportyorlar viloyat hokimi tomonidan turli nominatsiyalarda taqdirlandilar.

Xususan,

  1. «Yilning eng yaxshi sanoat mahsulotlari eksportini amalga oshirgan korxonasi» Qarshi tumanidagi “LT textile international” xorijiy korxonasi.
  2. «Yilning eng yaxshi meva-sabzavot mahsulotlari eksportchi korxonasi» bu Koson tumanida faoliyat yuritib kelayotgan “Sunny land” korxonasi.
  3. «Evropa davlatlariga mahsulot eksport qiluvchi korxona»Qamashi tumanida roʻyxatdan oʻtgan “BBU-Azamat” korxonasi.
  4. “Yangi turdagi mahsulotni chet el bozorlariga eksport qilgan korxona”“Alp texno servis” korxonasi.
  5. «Yilning eng ilgʻor ayol eksportchi korxonasi»“Virgo trans” korxonasi.
  6. «Yilning eng yosh eksportchisi» sifatida “Sulton teks” korxonasi boshqaruvchisi taqdirlandilar.