09 Dek 2022

QASHQADARYO VILOYATINING LALMI, QIR-ADIR ERLARIDA INNOVATSION USULDA BOGʻLAR BARPO ETILADI

Qashqadaryo viloyati hududiy innovatsion rivojlanish boshqarmasi, Qurgʻoqchil mintaqalarda qishloq xoʻjaligi boʻyicha tadqiqot oʻtkazish xalqaro markazi (ICARDA) tashkiloti va Viloyat Oʻrmon xoʻjaligi boshqarmasi vakillari oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Bunda, viloyatning oʻrmon fondi erlarida tabiiy qor va yomgʻirlardan xosil boʻladigan suvlarni bir joyga jamgʻarish, bu bilan pista plantatsiyasi va boshqa oʻsimlik dunyosini rivojlanishi uchun suv manbaini yaxshilash maqsadida, lalmi qir adirliklarda «Selxona tashkil etish» loyihasini amalga oshirish boʻyicha muzokara oʻtkazildi.

Oʻrganishlar natijasiga koʻra, Qamashi davlat oʻrmon xoʻjaligiga qarashli 189 konturda pilot loyihani grant mablagʻlar xisobidan amalga oshirilishi belgilandi.