09 Dek 2022

MIRISHKORDA 500 NAFAR FUQARO BANDLIGINI TAʼMINLAGAN KORXONA ISH BOSHLADI

Joriy yilning 5 dekabr kuni Mirishkor tumanida 2,5 gektar er maydonida “Mirishkor textile group cluster” MCHJ tomonidan “Samo” brendi ostida tadbirkorning oʻz mablagʻi hisobidan umumiy qiymati 24 mlrd. soʻm boʻlgan matodan trikotaj ishlab chiqarish loyihasi ishga tushiriladi. Bu orqali hozirda 300 nafar xotin-qizlar ishli boʻlgan boʻlsa, korxona yana kengaytirilib, ish oʻrni soni 700 taga etadi.

Tantanali ochilish marosimida viloyat va tuman sektor rahbarlari, nuroniylar va keng jamoatchilik ishtirok etdi. Viloyat hokimi Murotjon Azimov soʻzga chiqib, Davlatimiz rahbari tomonlaridan toʻqimachilik sanoatini rivojlantirish boʻyicha qator islohotlar olib borilayotgani va eng asosiysi bizda mahsulot ishlab chiqarish uchun paxta xom-ashyosi etarli ekani va uni qayta ishlash uchun barcha sharoitlar mavjudligini alohida taʼkidlab oʻtdi.

Korxonada ishlab chiqarilayotgan tikuv-trikotaj mahsulotlari Rossiya Federatsiyasi, Turkiya, Qozogʻiston va Xitoyga eksport qilinishi rejalashtirilmoqda.