09 Dek 2022

ERON ISLOM RESPUBLIKASI VA QASHQADARYO VILOYATI OʻRTASIDA HAMKORLIK YUZASIDAN MUZOKARA BOʻLIB OʻTDI

Eron Islom Respublikasining «Amiran Carpet» korxonasi vakillari bilan hamkorlik yuzasidan videokonferentsaloqa orqali muzokara boʻlib oʻtdi.

Uchrashuv davomida eronlik korxona vakillariga Qashqadaryo viloyati salohiyati tanishtirib oʻtildi, viloyatda faoliyat koʻrsatib kelayotgan tadbirkorlik subʼektlari toʻgʻrisida maʼlumot berildi.

«Amiran Carpet» korxonasi vakili tomonidan gilam ishlab chiqarish jarayonlari, texnologiyalar toʻgʻrisida maʼlumotlar almashildi.

Muzokara soʻngida «Amiran Carpet» korxonasi vakili Qashqadaryo viloyatiga tashrifini amalga oshirish, tadbirkorlar faoliyati bilan tanishish va gilamchilik sohasida hamkorlikni yoʻlga qoʻyish istagida tadbirkorlar bilan ish boshlash toʻgʻrisida kelishib olindi.