Koreyaning «SMART AGRO LLC» kompaniyasi direktori C.H.Seo bilan Qashqadaryo viloyati hokimi Murotjon Azimov oʻrtasida oʻzaro ikki tomonlama hamkorlik boʻyicha muzokara boʻlib oʻtdi.

Qashqadaryoda gidroponika usulidagi issiqxonalarni zamonaviy va soʻngi texnologiyalar asosida tashkil etish hamda mavjud issiqxonalarga ham amaliy yordam koʻrsatish masalalari muhokama etildi.
Shuningdek, muloqot davomida viloyatning investitsiya salohiyatidan kelib chiqgan holda boshqa sohalar boʻyicha ham taklif-mulohazalar bildirildi.

