
Dehqonobod tumanida Prezidentimiz tashabbusi bilan 400 ga er maydonida “Eko komfort” xususiy korxonasi tomonidan pista koʻchatlari ekilib, plantatsiya yaratildi.
Plantatsiyani tashkil etishga 3.5 mlrd. soʻm sarmoya kiritilgan boʻlib, yiliga 600 tonna pista hosili terib olinishi rejalashtirilmoqda. Plantatsiya tashkil etilishi natijasida 35 nafar ish oʻrinlari yaratilgan. Koʻchatlar tomchilatib sugʻorish texnologiyasi asosida sugʻoriladi.
Tayyor mahsulot bilan 2027 yildan boshlab ichki bozorni taʼminlash va xorijga eksportni yoʻlga qoʻyish maqsad qilingan.

