
Qarshi shahrida navbatdagi Hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Tadbirni viloyat hokimi Murotjon Azimov ochib berdi.
Yarmarkada 250 dan ortiq mahalliy va respublikadagi sanoat ishlab chiqarish korxonalari oʻzlarining 900 ga yaqin mahsulotlari bilan ishtirok etishmoqda.
Xususan, Respublika miqiyosidagi tarmoq va uyushmalar tarkibidagi korxonalar, Toshkent shahridan, shuningdek qoʻshni Buxoro, Samarqand va Surxondaryo viloyatlaridan 30 ga yaqin korxonalar ham tashrif buyurishgan.

Bu kabi yarmarkalarning tashkil etilishi ishlab chiqaruvchi korxonalar va isteʼmolchi subʼektlar oʻrtasida oʻzaro kelishuv bitimlari, shartnomalar tuzish uchun qulay imkoniyatdir.
Viloyatimiz respublikaning yirik sanoat korxonalari joylashgan hudud hisoblanib, asosan neft va gaz, kimyo, toʻqimachilik, qurilish materiallari, elektro energetika sanoati boʻyicha respublikada etakchi oʻrinda turadi.
Bugungi kunda viloyatimizda 54 ta yirik va 5,4 mingdan ortiq kichik sanoat korxonalari faoliyat koʻrsatmoqda.

