06 Okt 2022

QASHQADARYODA «SULTON TEX GROUP» FABRIKASI «OEKO-TEX STANDART R» SERTIFIKATIGA EGA BOʻLDI

Yurtimizda dunyo mamlakatlari bilan raqobatlasha oladigan korxonalar soni ortgani sari xalqaro standartlarga boʻlgan talab ham ortib bormoqda.

Ushbu talablarni hisobga olgan holda, Avstriya davlatining “Ekologiya, texnologiya va innovatsiya instituti” tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi “Texnik jihatdan tartibga solish agentligi”ning Qashqadaryo hududiy filiallari tomonidan koʻrsatilgan amaliy yordam natijasida, xalqaro sertifikatlashtirish masalalarida qulay sharoitlarni yaratish, xalqaro tashkilotlar bilan milliy sertifikatlar va muvofiqlikni baholash ishlari natijalari asosiy eksportga yoʻnaltirilgan hamkorlikni faollashtirish maqsadida Qarshi shahrida tayyor trikotaj mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi «SULTON TEX GROUP» masʼuliyati cheklangan jamiyati «OEKO-TEX STANDART R» sertifikatiga ega boʻldi.

Maʼlumot oʻrnida: Toʻqimachilik mahsulotlarining sifati va xavfsizligini taʼminlash maqsadida turli toʻqimachilik mahsulotlari «OEKO-TEX» tekshiruvidan oʻtkaziladi va sertifikatlashtiriladi. Mazkur standart toʻqimachilik va tikuvchilik sanoati sohasida mumkin boʻlgan zararli moddalarni baholash mezonlari boʻyicha yagona va ilmiy asosga egadir. Korxonalarda xalqaro standartlarning joriy etilishi mahsulotlarni eksportga yoʻnaltirishda muhim ahamiyat kasb etadi.