
Shahrisabz shahridagi “Diyorbek imkoni rabbits” MCHJ tomonidan umumiy qiymati 3,0 mlrd. soʻm boʻlgan xorijiy investitsiyalar hisobiga Evropaning Italiya davlatidan keltirilgan “Xikol” va boshqa zotli quyonlari korxonaga olib kelindi.

Xorijdan keltirilgan quyonlarni hududga iqlimlashtirish uchun selektsiya klasteri tashkil etilib, barcha zarur sharoitlar yaratildi.
Kelgusida klasterda ushbu quyonlar koʻpaytirilib, moʻyna va goʻsht mahsulotlari olinishi rejalashtirilmoqda.

