05 Dek 2022

QAMASHI TUMANIDA YANGI UN ISHLAB CHIQARUVCHI KORXONA ISH BOSHLAYDI

Qamashi tumanida «Boʻritosh aya» fermer xoʻjaligi tomonidan umumiy qiymati 260 ming dollar boʻlgan un ishlab chiqarish zavodi foydalanishga topshiriladi.

Korxonaga Turkiyadan zamonaviy uskunalar olib kelindi va oʻrnatish ishlari olib borilmoqda.

Korxona ishga tushgach, kuniga 90 tonnagacha bugʻdoyni qayta ishlanib un mahsuloti olinadi. Bu koʻrsatgich yiliga 9 ming tonnani tashkil etadi.