01 Dek 2022

DEHQONOBOD TUMANIDA BARPO ETILGAN 500 ISH OʻRNIGA MOʻLJALLANGAN TIKUVCHILIK FABRIKASIDA ISH JARAYONIGA TAYYORGARLIK KOʻRILMOQDA

Dehqonobodda barpo etilgan 500 ish oʻrniga moʻljallangan tikuvchilik fabrikasida ish jarayoniga tayyorgarlik koʻrilmoqda.

Tumanda qad rostlagan va ayni paytda ish jarayonini boshlash uchun zarur uskunalar shay holatga keltirilayotgan tikuvchilik fabrikasiga Yaponiyadan 280 ta zamonaviy tikuv moshinlari keltirib oʻrnatildi.

Maʼlumot oʻrnida, tumanning «Oʻzbekiston» MFY hududida tashkil etilayotgan Tikuvchilik fabrikasining umumiy qiymati 60 mlrd. soʻm boʻlib, loyiha ishga tushirilgandan soʻng 500 nafar yangi ish oʻrinlari yaratiladi.

Korxonada yiliga 1.5 mln. dona trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarilib, tayyor mahsulotning 60 %i eksportga yoʻnaltirilishi rejalashtirilgan.