06 Iyul 2023

QAMASHI TUMANIDA «MADINA» BRENDI OSTIDA SIFATLI UN ISHLAB CHIQARISH KORXONASI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI

Qamashi tumanining Guliston MFY da birinchi un ishlab chiqarish korxonasi foydalanishga topishirildi. Unda tuman hokimi, nuroniylar va keng jamoatchilik ishtirok etdi.

«Boʻritosh aya» fermer xoʻjaligi tomonidan ishga tushirilgan mazkur korxonaning umumiy qiymati 6 mlrd. soʻmni tashkil etadi. Korxonaga Turkiyadan zamonaviy va elektr tejamkor texnologiyalar olib kelib oʻrnatildi.

Korxonada yiliga 10 ming tonnagacha un va un mahsulotlari ishlab chiqarilishi rejalashtirilmoqda. Korxona ishga tushishi munosabati bilan 20 nafar yangi ish oʻrinlari yaratildi.