11 Iyul 2023

CHIROQCHI TUMANIDAGI KICHIK SANOAT ZONASIDA SIFATLI KORTON QUTILARI ISHLAB CHIQARILMOQDA

Chiroqchi tumanida tashkil etilgan kichik sanoat zonasida «Ko’ktosh Paper Box» korxonasi tomonidan har xil oʻlchamdagi sifatli korton qutilari ishlab chiqarilmoqda.

Umumiy qiymati 2 mlrd. 600 mln. soʻmni tashkil etib, Xitoyning «Xenje» kompaniyasidan zamonaviy uskunalar olib kelib oʻrnatildi. Korxonada yiliga 1118 ming dona har xil oʻlchamdagi korton qutilari ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda. Korxona ishga tushishi munosabati bilan 7 nafar yangi ish oʻrinlari yaratildi.