12 Dek 2022

QASHQADARYO VILOYATI HOKIMI SOVRINI UCHUN TASHKIL QILINGAN «ISTIQBOLLI IT-LOYIHALAR» (IDEATHON) KOʻRIK TANLOVIGA START BERILDI!

Bugun, 12 dekabr kuni Qashqadaryo viloyati hokimi sovrini uchun tashkil etilgan «Istiqbolli IT-loyihalar» (IDEATHON) koʻrik tanloviga start berildi.

Ushbu koʻrik tanlov Qashqadaryo viloyati hokimligi, Axborot texnologiyalarini va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasi, Viloyat innovatsiyasini rivojlantirish boshqarmasi, IT PARK va IT CITY ACADEMY bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.

Tanlovning birinchi kunida jami 212 nafar iqtidorli yoshlarning ishlanmalaridan 100 nafari tanlab olindi.

Tadbirning ikkinchi kunida tanlab olingan 100 nafar ishtirokchilar oʻzaro jamoalarga boʻlingan holda, oʻz ishlanma va loyihalarini taqdim etadilar.

Malumot oʻrnida: Mazkur koʻrik tanlov joriy yilning 12-13 dekabr kunlari boʻlib oʻtadi. 14 dekabr kuni tanlov gʻoliblarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtadi.