
Muborak tumani “Konchilar” MFY hududida tashkil etilgan kichik sanoat zonasida investitsiya dasturiga asosan “Qurilish birigada invest” MCHJ tomonidan qiymati 4 mlrd. soʻm boʻlgan asfalt ishlab chiqarish korxonasi ish boshlashi kutilmoqda.

Korxonada kuniga 500 tonna asfalt ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilishi natijasida, 20 nafar yangi ish oʻrinlari yaratiladi.

