26 Sen 2022

NISHON TUMANIGA EVROPADAN «GOLSHTIN» QORAMOLLARI KELTIRILDI.

Nishon tumanidagi «Chorva Naslchilik kompleksi»ga Gollandiyadan zotdor, naslli 495 bosh «Golshtin» qora mol (cigir)lari keltirildi. Mazkur loyihaga asosan, zotdor qora mollarni bosqichma-bosqich 1000 taga etkazish reja qilingan.

Korxona toʻla quvvatda ishga tushgach kuniga 16 tonna sutni qayta ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda. Kompleksda hozirgi kunga qadar 100 nafardan ortiq fuqarolar bandligi taʼminlangan.

Korxona viloyatimizda zotdor, naslli mollarni koʻpaytirish va sotish, qayta ishlangan hamda quritilgan sut mahsulotlari bilan ichki bozorni taʼminlash hamda tayyor mahsulotni xorijga eksport qilishni yoʻlga qoʻyishni rejalashtirmoqda.

Kelgusida, kompleks qoshida mayda shoxli zotdor qoʻylarni («Dorper») ham chet eldan keltirish orqali chorvachilik sohasida yaqqol bir tizimni yoʻlga qoʻyish maqsad qilingan.