

Kasbi tumanida eksportbop ip-kalava ishlab chiqaradigan korxona qurilmoqda.
Ushbu loyiha «Rimpex Polimer» MCHJ tomonidan «Paxta va sunʼiy toladan aralash ip ishlab chiqarish hamda tekstil chiqindilarini qayta ishlash faoliyatini tashkil etish» investitsiya loyihasi boʻlib, umumiy qiymati 24,1 mln. evroni tashkil etadi.
Viloyat rahbari ushbu loyihaning amalga oshirish jarayonlari bilan yaqindan tanishdi hamda oʻz taklif va tavsiyalarini bildirdi.
Maʼlumot oʻrnida, loyiha ishga tushgach yiliga oʻrtacha 8000 tonna tayyor mahsulot etkazib berish orqali 14,0 mln. AQSH dollari miqdorida foyda olish mumkin boʻladi. Korxonani 2024 yilning sentyabr oyida ishga tushirish rejalashtirilgan boʻlib, 500 nafar fuqaro ish bilan band qilinadi. Korxona qurilishining dastlabki ishlari jadallik bilan amalga oshirilmoqda.

