29 Noy 2022

FRANTSIYA VA OʻZBEKISTON OʻRTASIDA HAMKORLIK ALOQALARINI MUSTAHKAMLASH YUZASIDAN MUZOKARA BOʻLIB OʻTDI

Frantsiyaning “ANDRITZ LAROCHE” (“ANDRITZ LAROSH») kompaniyasi bilan Qashqadaryo viloyati Investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi oʻrtasida hamkorlik yuzasidan muzokara boʻlib oʻtdi.

Frantsiya tomonining taklifiga koʻra, tekstil chiqindilarini qayta ishlash yoʻli bilan qoʻshimcha qiymatga ega yakuniy mahsulot ishlab chiqarish toʻgʻrisida taqdimot oʻtkazildi.

Bundan koʻzlangan maqsad: Qayta ishlash echimlari orqali turli xil tekstil chiqindilari yoki sotilmagan mahsulotlarni ip kalavaga aylantirish hamda qayta ishlangan tolalardan tayyor trikotaj mahsulotlarini ishlab chiqarish.

Ayni paytda iplarni qayta ishlash uchun 10 ta qayta ishlash liniyalari mavjud.
Shuningdek, 2000 ta toʻliq ishlov berish liniyalariga ega.
Ishlatilgan toʻqimachilik chiqindilaridan iplarni qayta ishlash texnologiyalarini ishga tushirish dunyo boʻylab muhandislik, ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish boʻyicha yuqori tajribaga ega mutahassislar koʻmagida amalga oshiriladi.