28 Noy 2022

EVROPADAN «LIMUZIN» VA «SHAROLE» ZOTLI QORAMOL OLIB KELINDI

Avval xabar berganimizdek «Qamashi tekstil» MCHJ yangi chorvachilik loyihasini amalga oshirish ustida ish boshlagan edi.

Klaster Latviyadan «Limuzin» va «Sharole» sergoʻsht zotli qoramollar olib kelish ishlarini boshladi. Dastlabki bosqichda 61 bosh buzoqlar olib kelindi. 2022 yil yakuniga qadar jami 400 boshga yaqin qoramol olib kelinishi rejalashtirilgan.

Maʼlumot oʻrnida, ushbu zotli qoramollar goʻsht yoʻnalishidagi tez etiluvchan qoramollar hisoblanadi. Ushbu turdagi goʻshtlarga jahon bozorida talab yuqori.