28 Noy 2022

OʻZBEKISTON VA FRANTSIYA OʻRTASIDA HAMKORLIK ALOQALARI MUSTAHKAMLANMOQDA

Frantsiyaning “LAROSH” (LAROCHE) kompaniyasi rahbariyati bilan Qashqadaryo viloyati Investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi oʻrtasida – sanoatning keng doirasida xususan yigiruv, turli turdagi tekstil mahsulotlari ishlab chiqarish, mebelsozlik, avtomobilsozlik, akustika va issiqlik izolyatsiyasi, geotekstillar ishlab chiqarish sohalarida hamkorlikni yoʻlga qoʻyish yuzasidan videokonferents aloqa orqali muzokara boʻlib oʻtdi.

Unga koʻra, «Larosh» kompaniyasi tomonidan tekstil mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash yoʻnalishlari boʻyicha taqdimot oʻtkazildi. Shuningdek, Qashqadaryo viloyatining tekstil sohasida muaffaqiyatli faoliyat yuritib kelayotgan va salohiyatli kompaniyalaridan biri “Bunyodkor” MCHJ ning tekstil sanoati va kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilgan qoʻshimcha loyihalar tanishtirib oʻtildi.

Kelgusida tomonlar oʻrtasida hamkorlik aloqalarini oʻrnatish yuzasidan qator takliflar oʻrganib chiqildi.