

Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti (Oʻzbekiston) va The National Renewable Energy Laboratory (AQSH) oʻrtasida hamkorlik yoʻlga qoʻyilmoqda.
Qashqadaryo viloyati Innovatsion rivojlanish hududiy boshqarmasi va AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) hamkorligida viloyatda muqobil energetika sohasida bir qator loyihalar amalga oshirilmoqda.
Joriy yilning 15 noyabr kuni AQSHning qayta tiklanadigan energiya milliy laboratoriyasi (NREL)ning tarmoqlar integratsiyasi boʻyicha mutaxassisi Ilya Chernyaxovskiy va Qarshi muhandislik-iqtisodiyoti institutining ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektori Gʻulomjon Uzoqov, Qashqadaryo viloyati Innovatsion rivojlanish boshqarmasi va AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) vakillari ishtirokida videokonferents aloqa orqali muzokara oʻtkazildi.
Unga koʻra, tomonlar oʻzaro oʻquv kurslar, talabalar va oʻqituvchilar uchun almashinuv dasturlari tashkil etish va QarMII qoshidagi muqobil energiya manbalari “Ilmiy-innovatsion poligoni” bazasini mustahkamlash boʻyicha hamkorlik aloqalarini oʻrnatishga kelishib oldilar.

