31 Okt 2022

ISSIQXONA XOʻJALIKLARINI QOʻLLAB-QUVVATLASH BOʻYICHA RESPUBLIKA SHTABI VA CALL-CENTER ISHGA TUSHDI!

Bugungi kunda Qishloq xoʻjaligi vazirligi tomonidan uning huzuridagi Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish agentligida issiqxona xoʻjaliklarini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha Respublika Shtabi va Koll-tsentr oʻz faoliyatini boshladi.

Respublika Shtabining maqsadi muammolarni aniqlash va hal etishda koʻmaklashish, berilgan takliflarni oʻrganish va tadbirkorlarga xizmat koʻrsatishdan iborat.

CALL-CENTER orqali kelib tushgan murojaatlar tegishli tashkilotlar yordamida tezkorlik bilan hal etiladi.

Issiqxona xoʻjaliklarini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha Respublika Shtabi CALL-CENTER raqami: (55) 500-80-08