31 May 2022

“UZELTEXSANOAT” UYUSHMASI VAKILLARI BILAN QASHQADARYOLIK TADBIRKORLAR UCHRASHUVI

▫️ Kuni kecha “Uzeltexsanoat” uyushmasining Qashqadaryo viloyati Investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan seminari boʻlib oʻtdi.

▫️ Seminarda Qashqadaryo viloyatida elektrotexnika yoʻnalishida faoliyat koʻrsatayotgan tadbirkorlar va shu yoʻnalishda oʻz faoliyatini boshlash istagidagi tadbirkorlar, tijorat banklari vakillari ishtirok etdilar.

▫️ “Uzeltexsanoat” uyushmasi Hududiy loyihalarni amalga oshirish boshqarmasi boshligʻi Erkin Fayziev soʻzga chiqib, uyushmaning faoliyati bilan tanishtirib, tadbirkorlarga hamkorlikda ishlash taklifini berdi.

▫️ Hamkorlikdan koʻzda tutilgan maqsadlar, afzalliklari, ishlab chiqarilgan mahsulotlarning eksport salohiyatini oshirish hamda tadbirkorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tadbir ishtirokchilarini tanishtirib oʻtdi.

▫️ Tadbirda Qashqadaryolik qator tadbirkorlar oʻz loyihalari bilan ishtirok etib, kelgusida istiqbolli loyihalar ustida hamkorlikda ishlash boʻyicha kelishuvlarga erishildi.

▫️ Sizda ham elektrotexnika yoʻnalishida oʻz biznesingizni boshlash istagi mavjud boʻlsa, Qashqadaryo viloyati Investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasiga murojaat eting!