31 May 2022

⚡️ HURMATLI QASHQADARYOLIK EKSPORTYORLAR!

▫️ 2022 yil 23-25 iyun kunlari Janubiy Koreyaning Seul shahrida “IMPORT GOODS FAIR” (IGF) 19-koʻrgazmasi boʻlib oʻtishini maʼlum qilamiz!

▫️ Koʻrgazmada oziq-ovqat, kosmetika, uy-roʻzgʻor buyumlari, oshxona anjomlari, tekstil, bolalar uchun tovarlar, IT – mahsulotlari hamda turizm sohasida faoliyat koʻrsatadigan tadbirkorlar oʻz mahsulotlari bilan ishtirok etishlari mumkin.

▫️ Mazkur koʻrgazma Oʻzbekistonlik tadbirkorlar mahsulotlarini Koreya bozoriga kirib borishida katta zamin yaratadi!

▫️ Koʻrgazmada ishtirok etish uchun oʻz mahsulotlaringizdan namunalar va koʻrgazmalar tayyorlab borishingiz tavsiya etiladi.

▫️ Toʻliq maʼlumot uchun quyidagi raqamlarga murojaat eting:
📞 +998906710101