
Hurmatli Qashqadaryolik tadbirkorlar!
Joriy yilning 5-7 oktyabr kunlari Belarusiyada boʻlib oʻtadigan «BELTEXINDUSTRY – 2022» 46 – Xalqaro engil sanoat koʻrgazmasida ishtirok etishga taklif etamiz.
«BelTexIndustry» – Belarus Respublikasining eng yirik sanoat koʻrgazmasi. Koʻrgazmada Dunyoning turli davlatlaridan 80 dan ortiq eksponentlar ishtiroki kutilmoqda.
Koʻrgazmada ishtirok etish istagidagi korxonalar quyidagi havola orqali batafsil maʼlumotlarga ega boʻlishlari mumkin: «BelTexIndustry-2022»

