19 Sen 2022

YAKKABOGʻ TUMANIDA IP-KALAVA ISHLAB CHIQARISH KORXONASI KENGAYTIRILMOQDA

Yakkabogʻ tumanida faoliyat olib borayotgan “UNIVERSAL TARAQQIYOT TEKSTIL” MCHJ tomonidan qiymati 50 mlrd. soʻmlik ip-kalava ishlab chiqarish korxonasi faoliyat koʻrsatmoqda.

Korxonada yiliga 10 ming tonna ip-kalava ishlab chiqarilib, tayyor mahsulot asosan Turkiya va Rossiyaga eksport qilinmoqda.

2023 yilda korxona tomonidan qiymati 3 mln. dollarlik «tayyor mato ishlab chiqarish» loyihasini amalga oshirish rejalashtirilgan. Buning natijasida qoʻshimcha 100 dan ortiq yangi ish oʻrinlari yaratiladi.