

Qarshi shahrida umumiy qiymati 200 ming dollarlik “Drujba Gold Biznes” MCHJ korxonasida yiliga 135 tonna sut qayta ishlanmoqda.
Korxonada kuniga 4-5 tonna sutni qayta ishlash natijasida: qatiq (kefir), smetana va har xil turdagi muzqaymoqlar ishlab chiqarilmoqda.
Mazkur korxonada hozirgi vaqtda 10 nafar ish oʻrinlari mavjud boʻlib, korxona faoliyatini yanada kengaytirish, xorijdan yangi uskunalar olib kelib oʻrnatish yuzasidan Belorussiya va Rossiyalik tadbirkorlari bilan istiqbolli muzokaralar olib bormoqda.
Kelgusida, korxona faoliyati kengaytirilishi hisobiga yana 15 nafar yangi ish oʻrinlari yaratiladi.

