09 Mar 2023

SHAHRISABZ SHAHRIDA ZAMONAVIY PIT-STOP KOMPLEKSI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI

Shahrisabz shahrida «nol» qiymatda ajratilgan 2,6 ga boʻsh binoga 2,2 mln. dollar investitsiya kiritilishi natijasida 8 dan ziyod xizmat koʻrsatish shahobchalarini oʻz ichiga olgan zamonaviy «PIT-STOP» kompleksi foydalanishga topshirildi.

Xususan,
100 oʻrinli avtobus bekati;
avtomobillarni taʼmirlash va yuvish shahobchasi;
36 oʻrinli zamonaviy mehmonxona;
umumiy ovqatlanish;
avtomobillarga yoqilgʻi quyish;
elektromobillarni quvvatlantirish (zaryadlash) shahobchasi;

Mazkur loyiha ishga tushishi munosabati bilan 67 nafar yangi ish oʻrinlari yaratildi.