
Qashqadaryo, Buxoro va Samarqand viloyatlarida umumiy quvvati 2000 MVt boʻlgan quyosh fotoelektr stantsiyalarini qurish boʻyicha Xitoyning «CEEC ENERGY CHINA» kompaniyasi bilan anglashuv memorandumi imzolandi.
Unga koʻra, Xitoy kompaniyasi tomonidan jami 2 mlrd. dollar miqdorida toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar kiritiladi.
Quyosh fotoelektr stantsiyalarining ilk quvvatlari shu yil yakuniga qadar (2024 yilda toʻliq) ishga tushirilishi rejalashtirilmoqda.
Natijada, yiliga 5,2 mlrd. kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqarilib, 1,4 mlrd. kub metr tabiiy gaz tejalishiga erishilishi kutilmoqda.

